Ishonch telefoni

+998(61) 223-24-31

Ko'rinish

Shrift o'lchami

So'ngi yangiliklar

Yurtimizda umumxalq xayriya hashari boshlandi
13-03-2026

image-news

Mamlakatimizda "El farovonligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!" shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlandi. Ushbu ezgu tashabbus doirasida yurtimizning barcha hududlarida obodonlashtirish, tozalik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan tuman va shahar bo‘limlari binolari atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hashar davomida hududlarni tozalash, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, atrof-muhitni tartibga keltirish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda umumxalq xayriya hashari respublika bo‘ylab davom etmoqda. Bu chora-tadbirlar mahallalarni yanada obod qilish, aholi uchun qulay va toza muhit yaratishga xizmat qilmoqda.