Ishonch telefoni

+998(61) 223-24-31

Ko'rinish

Shrift o'lchami

So'ngi yangiliklar

Yoshlar bilan ochiq muloqot: qurilish sohasida amaliyot va tashabbuslar
31-03-2026

image-news

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar bilan talaba-yoshlarni tanishtirish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi binosida oliy o‘quv yurtlari talabalari, yosh mutaxassislar va OAV vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni sohaga jalb qilish, ularning tashabbuslari va amaliy tajribalarini rivojlantirish, shuningdek, sohaga oid yangiliklar va imkoniyatlar bilan tanishtirish edi.

Tadbirda Qoraqalpoq davlat universitetining Qurilish fakulteti talabalari ham ishtirok etdi.

Xususan, ta’kidlanganidek, Respublikamizda 2026-yilda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, zamonaviy bino va inshootlar, ko‘p qavatli turar joylar, stadionlar, maktablar, kasalxonalar hamda sport komplekslari qurilishi belgilangan.

Shuningdek, 2026-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi ijtimoiy obyektlar – maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, yo‘llar, kasalxonalar va boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining investitsiya dasturiga (PQ-393) kiritilgan bo‘lib, ular doirasida keng ko‘lamli kapital qurilish ishlari amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida jami 100 ta loyihani amalga oshirish uchun 1 trillion 26 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihalar orasida eng yuqori ko‘rsatkich Nukus shahriga to‘g‘ri kelib, bu yerda 22 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Davra suhbatida talaba-yoshlar o‘z tajribalari va tashabbuslarini bo‘lishib, amaliyotdagi muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirdi. So‘ngra savol-javob sessiyasi o‘tkazilib, talabalar, yosh mutaxassislar va OAV vakillari tomonidan sohaga oid qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Tadbirning yakuniy qismida OAV vakillari bilan muloqot tashkil etilib, intervyular va fikr almashish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Moderator tadbir yakunida eng muhim fikrlar va takliflarni ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati