"Turon" stadioni xalqaro standartlarga muvofiq rekonstruksiya qilinmoqda.
Prezidentimizning 115-sonli qaroriga asosan, shahrimizdagi "Turon" stadionini xalqaro standartlarga muvofiq rekonstruksiya qilish belgilangan.
Stadionni to‘liq rekonstruksiya qilish loyiha-smeta hujjatlariga asosan umumiy 107,0 mlrd.so‘mni tashkil etadi. Joriy yilgi investitsiya dasturi doirasida 20,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi va qurilish ishlari davom etmoqda.
Rekonstruksiya davomida asosiy futbol maydoniga qo‘shimcha 2 ta futbol maydoni qurish, 154 o‘rinli yotoqxona, o‘quv xonalari, oshxona, kutubxona, fitnes va sport zallari, aholiga xizmat ko‘rsatish joylari, avtoturargoh barpo etish belgilangan va bu orqali stadionni futbolga ixtisoslashgan sport majmuasiga aylantirish rejalashtirilmoqda.