Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini (grantlar) jalb etish va donorlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i K.Idirisov, Orolbo‘yi innovatsiya markazi boshlig‘i B.Xabibullayev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri K.Aytbayev hamda vazirlikning shahar va tuman bo‘limlari boshliqlari bilan birgalikda sohaga grantlar olib kelish, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirish maqsadida rivojlangan davlatlar texnologiyalarini joriy etishda va sohaga tegishli bo‘lgan xorijiy tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.