Ishonch telefoni

+998(61) 223-24-31

Ko'rinish

Shrift o'lchami

So'ngi yangiliklar

Taxiatoshda yangi uy-joylar barpo etilmoqda
20-08-2025

image-news

So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholini sifatli uy-joylar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu yo‘nalishda qator qaror va farmonlar qabul qilinib, ular asosida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega uy-joylar qurilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu esa yurtimizda oilaviy sharoitlarni yaxshilash, aholining turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Shu kabi keng ko‘lamli ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham amalga oshirilmoqda. Xususan, Taxiatosh tumanidagi «Xalqlar do‘stligi» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi ko‘p qavatli uy-joy qurilishi boshlandi.

Zamonaviy arxitektura asosida qurilayotgan ushbu uy-joylar aholi uchun qulay infratuzilmaga ega bo‘lib, kelgusida tuman aholisini uy-joy bilan ta’minlash masalasini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tuman rahbari qurilish maydonida bo‘lib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, u quruvchilar bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tingladi, ish jarayonlarini sifatli hamda belgilangan muddatda yakunlash zarurligini ta’kidladi.