Hotline

+998(61) 223-24-31

Ko'rinish

Shrift o'lchami

logo

Republic of Karakalpakstan Construction and housing THE MINISTRY
PUBLIC UTILITIES

So'ngi yangiliklar

Repair and landscaping work continues in the regions
12-09-2026

image-news

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Nukus shahriga xizmat safari davomida davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan tasdiqlangan dastur asosida Nukus shahrining 27-kichik tumanida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Jumladan, ko‘p qavatli uylarning fasad qismlarini ta’mirlash, tutash hududlarni obodonlashtirish hamda zamonaviy bolalar maydonchalarini barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur hududda 48-son qaror ijrosi doirasida 11 ta ko‘p qavatli uyning fasadi ta’mirlandi, bolalar maydonchasi barpo etildi hamda tutash hududlar obodonlashtirildi.

Shuningdek, xizmat safari davomida “Nukus kommunal servis” BSKning yangi boshqaruv binosi, shuningdek, kompaniya tomonidan ko‘p qavatli uylarda amalga oshirilgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan ham tanishildi.

34

Last updated: 2026-09-12 11:33:22