Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga Qoraqalpoq davlat universiteti Qurilish fakultetining 1-bosqich talabalari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talabalar vazirlikning faoliyat yo‘nalishlari, qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, ularga qurilish sohasida mutaxassislarning o‘rni, zamonaviy qurilish texnologiyalari va loyihalarni amalga oshirish jarayonlari haqida ma’lumot berildi.
Talabalar Nukus shahri markazida barpo etilayotgan zamonaviy “Nukus Towers” qurilish loyihasi bilan ham yaqindan tanishdilar.
Obyektda olib borilayotgan qurilish ishlari, loyihaning o‘ziga xos jihatlari va kelgusidagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tashrif davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan tegishli javob va tushuntirishlar oldilar.