Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholini uy-joy bilan ta’minlash, yangi qurilish loyihalarini amalga oshirish hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash holatini muhokama qilish maqsadida o‘tkazildi.
Ochiq muloqot davomida vazirlik mutaxassislari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, uy-joy dasturlari, kommunal xizmatlar sifati hamda sohada olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning tahlili, ularni ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot taqdim etildi.
Tadbir davomida sohadagi mavjud muammolar, qurilish jarayonlarida uchrayotgan dolzarb masalalar, yangi tashabbuslar va takliflar muhokama qilinib, jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Ochiq muloqot yakunida aholini uy-joy bilan ta’minlash, qurilish sohasini yanada rivojlantirish va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.