O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasida faoliyat yuritayotgan kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kommunal ta’minot markazi davlat muassasasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan boshqaruv servis kompaniyalarining mas’ul xodimlari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.