O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-fevraldagi PQ–70-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan vazifalarni xodimlarga yetkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida qarorda nazarda tutilgan ustuvor yo‘nalishlar, hududlarni kompleks rivojlantirish, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan tushuntirishlar berildi.