Hotline

+998(61) 223-24-31

Ko'rinish

Shrift o'lchami

logo

Republic of Karakalpakstan Construction and housing THE MINISTRY
PUBLIC UTILITIES

So'ngi yangiliklar

Participation of managers in press conferences, briefings, and other events
27-08-2026

image-news

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rahbariyati tomonidan aholini soha faoliyati bilan bog‘liq yangiliklar, amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida xabardor qilish, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida matbuot anjumanlari, brifinglar, taqdimotlar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelinmoqda.

Mazkur tadbirlarda vazirlik rahbariyati tomonidan qurilish, uy-joy, kommunal infratuzilmani rivojlantirish, hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investitsion loyihalar hamda sohada olib borilayotgan islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib borilmoqda.

Shuningdek, tadbirlar davomida ommaviy axborot vositalari vakillari va jamoatchilik tomonidan berilgan savollarga mutasaddi rahbarlar tomonidan tegishli tushuntirish va izohlar berilib, fuqarolarni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan ochiq va tezkor axborot taqdim etilmoqda.

Vazirlik rahbariyatining bunday tadbirlarda muntazam ishtirok etishi sohada amalga oshirilayotgan ishlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda aholini ishonchli va tezkor axborot bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.

https://t.me/qurilisministrligi/14551 

https://t.me/qurilisministrligi/14568 

https://t.me/qurilisministrligi/14575 

14

Last updated: 2026-08-27 16:35:01