Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudining majlislar zalida ko‘p kvartirali uylarda yashovchi aholining boshqaruv organlariga badal va majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalariga seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ishlab chiqilgan, nizolarni sud tartibida o‘z vaqtida bartaraf etish hamda buyruqlarni ko‘rib chiqish tartibini o‘z ichiga olgan amaliy qo‘llanma taqdim etildi. Qo‘llanma yuzasidan sudyalarning ma’ruzalari tinglanib, undagi muhim jihatlar ishtirokchilarga tushuntirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan bayonot taqdim qilindi.Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A.Jabbarbergenov ham ishtirok etib, mavzu yuzasidan qo‘shimcha tushuntirish berdi.
Mazkur tadbir aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ko‘p kvartirali uylar boshqaruvida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni oldindan bartaraf etishga xizmat qiladi.