Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Xidoyatov Sherzod Saidjanovich Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.
Xususan, Nukus shahridagi “Chimboy guzari” MFYdagi "EVERPROSPER INVESTMENT CONSULTING" MChJ tomonidan yangidan qurilayotgan 5 ta 7 qavatli uylar, "Do‘stlik guzari" MFY hududidagi "KONKRET KAMEN" MChJ tomonidan yangidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylar hamda Xo‘jayli tumanidagi qurilayotgan Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazida o'rganishlar o'tkazdi.
Asosan olib borilayotgan ishlarning sifatiga e’tibor qaratilib, qurilishni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning texnik holati, uylarda energiya samaradorligini ta’minlash yuzasidan olib borilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Sohaga doir muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muhokamalar tashkil qilinib, aniq vazifalar belgilab olindi