Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va Kasaba uyushma qo‘mitasi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha amaliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar doirasida keksalar, faxriylar va nuroniylar holidan xabar olinib, xayriya ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, boshqarma tarkibidagi bo‘lim va bo‘linmalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, keksa avlod hamda yoshlar o‘rtasida kasbiy mahorat, bilim va tajribalarni o‘zaro almashish orqali yuksak mehnat natijalariga erishish ustuvor vazifa etib belgilangan.
Ustoz-shogird an’analarini davom ettirish maqsadida faxriy ustozlarning uylariga borilib, ularning holidan xabar olindi. Bayram va muhim sanalarda yosh xodimlar tomonidan faxriylarni yo‘qlash an’anasini davom ettirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.