Ishonch telefoni

+998(61) 223-24-31

Ko'rinish

Shrift o'lchami

So'ngi yangiliklar

Nukus shahrida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yangi filiali binosining qurilishi yakunlandi
07-08-2025

image-news

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida Nukus shahri «Bog‘chilik» MFY hududida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali uchun yangi zamonaviy bino qurish ishlari boshlangan edi. Bu loyiha 2024-2025 yillarda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirildi. Hozirda qurilish yakunlanib, yangi bino foydalanishga topshirish arafasida turibdi.

Yangi bino qurilishi uchun 27 milliard so‘m ajratilgan va Prezident qarori asosida ishlarning barchasi o‘z vaqtida amalga oshirilgan. Bino 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy talablarga javob beradigan qulayliklar bilan jihozlangan, bu esa kelajakdagi ijodkorlarga zamonaviy ta’lim olish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi.