Hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston sportiga alohida e’tibori natijasida "Turon" stadionida yangidan zamonaviy rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda qurilish jarayonlari bilan "O‘zbekiston 24" telekanali jurnalisti N.Mambetsharipova tanishmoqda.
Prezidentimizning 115-sonli qaroriga asosan, shahrimizdagi "Turon" stadionini xalqaro standartlarga muvofiq rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Stadionni to‘liq rekonstruksiya qilish loyiha-smeta hujjatlariga ko‘ra jami 107,0 mlrd so‘mni tashkil etadi. Joriy yilgi investitsiya dasturi doirasida 20,0 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi va qurilish ishlari davom etmoqda.
Asosiy futbol maydoniga qo‘shimcha 2 ta futbol maydoni qurish, 154 o‘rinli yotoqxona, o‘quv xonalari, oshxona, kutubxona, fitnes va sport zallari, aholiga xizmat ko‘rsatish joylari, avtomobillar to‘xtash joyi barpo etish belgilangan va shu orqali stadionni futbolga ixtisoslashtirilgan sport majmuasiga aylantirish rejalashtirilgan.