Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda tuman va shahar bo‘limlari rahbarlari, tizim xodimlari hamda mas’ul shaxslar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida barcha yo‘nalishlarda raqamlashtirish jarayonlarini izchil davom ettirish va yanada jadallashtirish, ish faoliyatini maksimal darajada shaffof tashkil etish, shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shu bilan birga, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, xizmat intizomini mustahkamlash hamda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyatini oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish borasida barcha mas’ul shaxslar yana bir bor qat’iy ogohlantirildi.