Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida xodimlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda qonunchilikdagi o‘zgarishlarni tushuntirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirlik apparati xodimlari va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari mas’ullari ishtirok etdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi prokurori, 2-darajali yurist Q.Zarimbetov so‘zga chiqdi.
Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni mustahkamlash, xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish, qonunchilik talablariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xodimlarga xizmat faoliyatida halollik va xolislik tamoyillariga qat’iy amal qilish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.