Ishonch telefoni

+998(61) 223-24-31

Ko'rinish

Shrift o'lchami

So'ngi yangiliklar

HURMATLI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARI
11-05-2026

image-news

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Nukus shahrida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari va infratuzilma loyihalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Press-tur tadbiri tashkil etilmoqda.
Mazkur press-turdan ko‘zlangan asosiy maqsad — olib borilayotgan qurilish jarayonlarini keng jamoatchilikka yetkazish, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishdan iborat.
Press-tur 2026-yil 15-may kuni soat 09:00 dan boshlab Nukus shahrida boshlanadi.
Ushbu tadbirda ishtirok etishni istagan barcha OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlarni press-turga taklif etamiz.