Ishonch telefoni

+998(61) 223-24-31

Ko'rinish

Shrift o'lchami

So'ngi yangiliklar

Hukumat qarori bilan xususiy qurilish nazorati tartibi joriy etildi
15-04-2026

image-news

Hukumat qarori (167-son, 13.04.2026 y.) bilan «Yakka tartibdagi uy-joylar hamda kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Xususiy qurilish nazorati ob’yektning quruvchisi va nazoratchi o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Xususiy qurilish nazorati buyurtmachining (mulkdor) ixtiyori bilan amalga oshiriladi.

Ob’yektlarda 1 oyda kamida 1 marta xususiy qurilish nazorati amalga oshiriladi.

Bunda o‘tkaziladigan har bir xususiy qurilish nazoratining muddati 1 ish kunidan oshmasligi shart.

Quyidagilar ob’yekt qurilishining asosiy bosqichlari hisoblanadi:

— bino va inshoot poydevorini qurish;

— poydevor qurish;

— asosiy ko‘tarib turuvchi konstruksiyalarni qurish;

— devorlar va to‘sib turuvchi konstruksiyalarni qurish;

— tom yopish va boshqalar.

Ob’yekt buyurtmachisi qurilishning har bir bosqichi yakunlanishidan 2 kun avval xususiy qurilish nazoratchisini elektron va yozma shaklda xabardor qilishi lozim.

Xususiy qurilish nazoratchisi xabarnomani olgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida qurilish ob’yektiga sertifikatlangan nazoratchini biriktiradi.

Xususiy qurilish nazoratchisi 5 ish kuni mobaynida ijobiy xulosa beradi yoki ob’yektni qo‘shimcha ko‘zdan kechirib, belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda, ijobiy xulosa berishni rad etadi.