26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, oila va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, narkotik vositalarning noqonuniy muomalasi oqibatlari hamda yoshlarni turli zararli illatlardan asrash masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, giyohvandlikning og‘ir huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy oqibatlari haqida ma’lumotlar berilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.