Ishonch telefoni

+998(61) 223-24-31

Ko'rinish

Shrift o'lchami

logo

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI
VAZIRLIGI

So'ngi yangiliklar

Foydalanuvchilar bilan kommunikatsiya tarmogʻi orqali muloqot qilish tizimi
26-10-2026

image-news

Foydalanuvchilar bilan kommunikatsiya tarmogʻi orqali muloqot qilish tizimi yoʻlga qoʻyilganligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilish hamda sohaga oid masalalar yuzasidan tezkor axborot almashinuvini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu yo‘nalishda vazirlikning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali foydalanuvchilar bilan muntazam muloqot olib borilmoqda.

Jumladan, vazirlikning Telegram, Facebook, Instagram va YouTube platformalaridagi rasmiy sahifalari orqali qurilish, uy-joy bilan ta’minlash, ko‘p kvartirali uylarni saqlash, kommunal xizmatlar sifati, hududlarni obodonlashtirish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga oid ma’lumotlar keng yoritib boriladi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan savollar, takliflar va fikr-mulohazalar bilan ishlash, ularni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish hamda vakolat doirasida zarur tushuntirishlar berishga e’tibor qaratiladi.

Vazirlikning axborot-kommunikatsiya kanallari orqali aholiga ishonchli va tezkor ma’lumotlarni yetkazish, jamoatchilik fikrini o‘rganish, fuqarolarni sohaga oid yangiliklar bilan tanishtirish hamda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

Kelgusida ham aholi bilan muloqot mexanizmlarini takomillashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish va raqamli kommunikatsiya imkoniyatlaridan keng foydalanish ishlari davom ettiriladi.

Havolalar

Telegram 

Facebook

Instagram

YouTube

91

Oxirgi yangilanish: 2026-10-26 16:02:51