Germaniya davlati Berlin shahridagi "Germaniya energetika agentligi" (Deutsche Energie-Agentur GmbH - dena) taklifi asosida, shahrimizdagi "Kók ózek" MFY hududidagi 60 xonadonli 10-uy tanlab olindi.
Bu uy 1991 yilda qurilgan, 30 ta ikki xonali va uch xonali kvartiralardan iborat.
Loyihadagi ko‘p kvartirali uyda energiya samaradorligini ta’minlashda renovatsiya qilish dasturi bo‘yicha, 2024 yilning iyun oyida agentlikning mas’ul mutaxassislari tomonidan uyda yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi, so‘rovnomalar to‘ldirildi.
Tegishli mutaxassislar tomonidan uyning barcha texnik o‘lchamlari hamda uyning qurilish elementlari instrumental o‘rganib chiqilib, bugungi kunda Berlin shahrida yakuniy loyiha hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
Bugun ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish maqsadida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Q.Aytbayev, shahar hokimining o‘rinbosari A.Niyetullayev va ekspertlar bilan birga fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi