Hotline

+998(61) 223-24-31

Ko'rinish

Shrift o'lchami

logo

Republic of Karakalpakstan Construction and housing THE MINISTRY
PUBLIC UTILITIES

So'ngi yangiliklar

Current issues and new projects in the construction and utility sectors were discussed.
22-09-2026

image-news

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi dolzarb masalalar, hududlarda amalga oshirilayotgan yangi qurilish loyihalari, istiqboldagi rejalar hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash holati muhokama qilindi.

Ochiq muloqot davomida vazirlik mutaxassislari tomonidan hududlarda olib borilayotgan qurilish ishlari, uy-joy dasturlari, kommunal xizmatlar sifati va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, qurilish jarayonlarida uchrayotgan muammolar, yangi tashabbuslar va takliflar yuzasidan fikr almashildi. Jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Tadbir yakunida aholini sifatli va zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, qurilish sohasini yanada rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

48

Last updated: 2026-09-22 12:11:13