O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan tuman va shahar qurilish bo‘limlari o‘rtasida “Eng yaxshi material” tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlov doirasida Mustaqillik bayrami arafasida qurib foydalanishga topshirilayotgan obyektlarni keng targ‘ib etuvchi foto va videomateriallar hamda reportajlar qabul qilinadi.
Materiallarni yuborishning so‘nggi muddati: 31-avgust 2026-yil.
Tanlov g‘oliblari munosib taqdirlanadi!
Barchani tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!