O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutining Nukus hududiy filiali qurilish sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida o‘quv kurslariga taklif etadi.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirish imkoniyati mavjud:
🔹 Qurilish ob’yektlarida texnik nazoratni olib borish;
🔹 Qurilish ob’yektlarida qurilish pudrat tashkilotining ichki nazoratini amalga oshirish;
🔹 Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini olib borish;
🔹 Loyiha tashkilotlarida loyiha bosh muhandisi sifatida faoliyat yuritish;
🔹 Loyiha tashkilotlarida loyiha bosh arxitektori sifatida faoliyat yuritish;
🔹 Ko‘p xonadonli uylarni boshqarishni amalga oshirish (BSK);
🔹 Qurilishda energiyani tejash;
🔹 Kuzatuv o‘lchovlarini amalga oshirish;
🔹 Energiya auditorlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Qo‘shimcha ma’lumot:
Kompetensiyani rivojlantirish institutining Nukus hududiy filiali Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qurilish sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha yagona o‘quv maskani hisoblanadi.
Manzil: Nukus shahri, Olmazor ko‘chasi, 8-uy. Qoraqalpoq davlat universiteti Qurilish fakulteti binosi.