2026-yil 27-avgust kuni soat 11:00 da Qonliko‘l tumani Do‘stlik MFY Baxtli ko‘chasi 19-sonli Musiqa maktabida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari v.v.b Ruslan Kaljanbaev rahbarligida sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sayyor qabul davomida qurilish va kommunal sohalarga oid mavjud muammolar, kamchiliklar, shuningdek, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanadi.
Mazkur masalalar yuzasidan murojaati mavjud bo‘lgan barcha fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz!