Qoraqalpoğiston Respublikasi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi tomonidan hududlarda kommunal sohada amalga oşirilayotgan işlar bilan keng jamoatçilikni taniştiriş maqsadida oçiq muloqot taşkil etildi.
Tadbir Nukus şahridagi “Yoş avlod” MFY, 27-kiçik tuman hududida joylaşgan “Nukus kommunal servis” boşqaruv servis kompaniyasida bölib ötdi.
Unda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda soha xodimlari iştirok etdi.
Oçiq muloqot davomida kommunal xizmatlar sifati, mavjud muammolar va amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, taklif va murojaatlar tinglandi.