Mamlakatimizda Prezidentimiz taşabbuslari va doimiy e’tibori tufayli barça hududlarda bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari yangi bosqiçga kötarilmoqda. Ayniqsa, Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholi uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş, zamonaviy infratuzilmani şakllantiriş borasida qabul qilinayotgan alohida farmon va qarorlar hudud taraqqiyotining mustahkam huquqiy asosiga aylanmoqda.
Mazkur e’tibor va ğamxörlik samarasida bugun Qoraqalpoğistonning barça hududlarida, xususan, Nukus şahrida quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida keng kölamli islohotlar izçil amalga oşirilmoqda. Yangi turar joy massivlari, zamonaviy ijtimoiy ob’yektlar, sport inşootlari, issiqlik ta’minoti hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining barpo etilişi bu özgarişlarning yaqqol ifodasidir.
Eng muhimi, bu bunyodkorlik işlari aholi manfaatlarini ta’minlaş, qulay yaşaş muhitini yaratiş va hududning ijtimoiy infratuzilmasini yaxşilaşga qaratilgan. Bugun qad rostlayotgan har bir inşoot, rekonstruksiya qilinayotgan har bir ob’yekt ertangi farovon hayot va hudud ravnaqining amaliy ifodasidir.
Ana şunday keng kölamli özgarişlar bilan ommaviy axborot vositalari vakillarini yaqindan taniştiriş maqsadida Nukus şahrida press-tur taşkil etildi.
Press-tur davomida iştirokçilar şaharda qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan bir qator muhim ob’yektlarni közdan keçirib, mas’ul mutaxassislardan loyihalarning texnik körsatkiçlari, moliyalaştiriş manbalari va quriliş işlarining borişi haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Dastlab, press-tur iştirokçilari Nukus şahrining 26-kiçik tumanida joylaşgan 10-sonli köp qavatli turar joyda GIZ taşkiloti hamkorligidagi FELICITY II pilot loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdilar.
Uşbu beş qavatli, 60 xonadondan iborat turar joy binosida energiya samaradorligini oşirişga qaratilgan kompleks modernizatsiya işlari olib borilmoqda. Jumladan, binoning taşqi devorlari issiqlikni saqlovçi maxsus materiallar bilan qoplanib, xonadonlarda issiqlikni tejaş va energiya resurslaridan samarali foydalaniş uçun zarur şaroitlar yaratilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 432 215 yevroni, ya’ni qariyb 5 milliard 800 million sömni taşkil etadi. Press-tur iştirokçilari xonadonlarga kirib, amalga oşirilgan işlar va yaratilgan şaroitlar bilan ham bevosita tanişdilar.
Şundan söng iştirokçilar Nukus şahridagi «Yoş avlod» mahalla fuqarolar yiğini, 27-kiçik tumani hududida «Nukus kommunal servis» boşqaruv servis kompaniyasi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdilar.
Mazkur hududda köp qavatli turar joy binolari ta’mirlanib, hovlilar obodonlaştirilgan, bolalar maydonçalari barpo etilgan va aholi uçun qulay şart-şaroitlar yaratilgan.
– Bizning kompaniyamiz Nukus şahri böyiça jami 89 ta, şundan 27-kiçik tuman hududida joylaşgan 44 ta köp qavatli turar joyga kommunal xizmat körsatadi. Joriy yilda uşbu hududdagi turar joylarda 4 milliard sömlik quriliş-ta’mirlaş işlari amalga oşirildi. Buning natijasida «Yoş avlod» mahalla fuqarolar yiğini hududi yanada obodonlaştirilib, aholi uçun qulay yaşaş şaroitlari yaratildi, – deydi kompaniya direktori Biyesengaliy Uteniyazov.
Şuningdek, tadbir iştirokçilari Nukus şahridagi 12-sonli umumiy örta ta’lim maktabiga taşrif buyurib, Prezidentimizning «Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori asosida amalga oşirilgan kapital rekonstruksiya işlarini közdan keçirdilar.
Mazkur ob’yekt doirasida maktab uçun qöşimça 660 örinli yangi bino qurilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 8 milliard 195 million sömni taşkil etadi.
Yangi binoning foydalanişga topşirilişi natijasida ta’lim muassasasining quvvati yanada oşirilib, öquvçilar uçun zamonaviy va qulay ta’lim oliş şaroitlari yaratiladi. Ob’yektni yaqin kunlarda foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.
Tadbir davomida jurnalistlar va blogerlar tomonidan quriliş işlarining sifati, belgilangan muddatlar, ob’yektlarning foydalanişga topşiriliş sanasi hamda aholi ehtiyojlarini qondiriş borasida qator savollar örtaga taşlandi. Mas’ul mutaxassislar barça savollarga batafsil javob berib, jurnalistlar uçun ob’yektlar hududida intervyular taşkil etildi.
Mazkur press-tur ommaviy axborot vositalari vakillariga hududda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari bilan bevosita tanişiş, infratuzilmani rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan keng kölamli islohotlar mohiyatini çuqurroq anglaş hamda bu haqda jamoatçilikka tezkor va xolis axborot yetkaziş imkonini berdi.
Bugungi kunda Nukus şahrida amalga oşirilayotgan bunday yirik loyihalar hududning zamonaviy qiyofasini şakllantiriş, aholining turmuş sifatini yaxşilaş va qulay şahar muhitini yaratişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi matbuot xizmati