Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida norasmiy sektor tomonidan 38,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 6,9 foizga o‘sgan.
Qurilish ishlari hajmining korxonalar turlari bo‘yicha taqsimoti:
kichik korxona va mikrofirmalar — 105,7 trln so‘m (55,0 foiz);
yirik qurilish tashkilotlari — 48,1 trln so‘m (25,1 foiz);
norasmiy sektor — 38,2 trln so‘m (19,9 foiz).