18 aprel - Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan "Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri kubogi" futbol musobaqasi o‘tkazilgan edi.
Musobaqada vazirlikning barcha hududlarida shahar, tuman mutaxassislari va apparatda ishlovchi xodimlardan tuzilgan havaskor jamoalar ishtirok etdi.
Musobaqa davomida eng yaxshi darvozabon, eng yaxshi o‘yinchi va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etgan o‘yinchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. "Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri kubogi" musobaqasi kelgusi yillarda ham davom etadi.