Ishonch telefoni

+998(61) 223-24-31

Ko'rinish

Shrift o'lchami

So'ngi yangiliklar

1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolalarga sovg‘alar topshirildi
02-06-2025

image-news

Xalqimiz azal-azaldan farzand sevar xalq bo‘lib kelgan. "1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" sifatida mamlakatimizda keng nishonlanadi. Bu kun bolalarimiz uchun eng quvonchli kunlardan biri hisoblanadi. Ushbu sana munosabati bilan bugun Chimboy tumanidagi 24-sonli davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Sh.O‘temisov qatnashib, bu yerda tarbiyalanayotgan bolalarga bayram sovg‘alarini topshirdi. Tadbirda boshqa bir qator mutasaddilar qatorida,  Qoraqalpog'iston  Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Q.Aytbaev
ham qatnashib, bolalarga sovg‘alar topshirdi.

Shundan so‘ng, 24-sonli davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.