Bu bayram - mehr, muhabbat, quvonch va tabassumga to‘la kun! 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz!
Sana munosabati bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning farzandlari uchun "Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik" mavzusida tadbir tashkil etilib, bolalarga bayram tabrigi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida bolalarga turli o‘yin va mashg‘ulotlar bilan davom ettirildi.
Aziz farzandlar va mehribon ota-onalar!
Farzandlarimiz doimo sog‘lom, baxtli, bilimli, orzu-niyatli va Vatanimizning faxri bo‘lib ulg‘ayishini tilaymiz. Ularning pok kulgusi hech qachon so‘nmasin!
Yurtimizda har bir bola o‘zini baxtli va himoyalangan his qiladigan tinch, barqaror hayot bo‘lishini istaymiz!